DTM test 2026

DTM blok test — qanday tuzilgan

Savollar, ballar, fanlar majmuasi va oʻtish balli — bir sahifada. Blokni online bepul ishlab koʻrasiz.

Blokni ishlab koʻrish
01 · Tuzilish

DTM testi: 90 savol, 189 ball

Majburiy fanlar hammaga bir xil. Ballning katta qismi ikki asosiy fandan keladi.

Majburiy fanlar

Ona tili · Matematika · Oʻzbekiston tarixi, 10 tadan

30 × 1,133

1-fan

asosiy

30 × 3,193

2-fan

ikkinchi

30 × 2,163

189eng yuqori ball

02 · Fanlar majmuasi

Qaysi yoʻnalishga qaysi fanlar

Birinchi fan 3,1 dan, ikkinchisi 2,1 dan baholanadi. Juftlikni qidiring yoki tanlang.

Namuna sifatida 7 ta yoʻnalish. 2026/2027 oʻquv yili uchun tasdiqlangan roʻyxat: regimtihon.uz, infoedu.uz

03 · Oʻtish balli

Grantga kamida necha ball kerak

Bu — eng kam chegara. Har yoʻnalishning kirish balli tanlovga qarab undan yuqori boʻladi.

68,0davlat granti · 189 dan 36%

56,7toʻlov-kontrakt · 189 dan 30%

2026-yil qabul uchun. Manba: yuz.uz, 18-avgust 2026

04 · Savollar

DTM haqida tez-tez soʻraladi

Qisqa javoblar — manbasi bilan.

DTM test necha soat davom etadi?

3 soat. Bu vaqtga javoblar varaqasini toʻldirish ham kiradi.

Manba: oliygoh.uz

Test qogʻozdami yoki kompyuterdami?

Qogʻozda: javoblar javoblar varaqasiga belgilanadi. 2026/2027 oʻquv yili uchun varaq namunasi mart oyida tasdiqlangan.

Manba: oliygoh.uz

Test soat nechada boshlanadi?

2026-yilda test ikki smenada oʻtdi: birinchisi 08:00 da, ikkinchisi 15:00 da.

Manba: gazeta.uz

Oʻzbekiston tarixi asosiy fan boʻla oladimi?

Yoʻq, u faqat majburiy fan. Yoʻnalishlardagi tarix — alohida Tarix fani, unga jahon tarixi ham kiradi.

Ijodiy imtihonli yoʻnalishlar-chi?

Kasbiy (ijodiy) imtihon test emas. Bunday yoʻnalish uchun Zehniy varaq tuzmaydi va buni tanlashda aytadi.

Chet tili sertifikati necha ball beradi?

B2 va undan yuqori — chet tilidan maksimal ball. 2026-yildan B1 — maksimal ballning 75 foizi.

Manba: gazeta.uz

DTM testni online qayerda ishlasa boʻladi?

Zehniyda. DTM blok testi rasmiy tartibda — 90 savol, 3 soat, 189 ball — online va bepul tuziladi. Fanlar juftligini tanlab boshlaysiz, natija topshirgan zahoti chiqadi. DTM blokini ishlab koʻrish

Milliy sertifikat DTMda hisoblanadimi?

Ha, darajasiga qarab. Qanday hisoblanishi — Milliy sertifikat sahifasida. Milliy sertifikat sahifasi

Batafsil: DTM balli qanday hisoblanadi, Namunaviy savollar javoblari bilan