1-savol
Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi davrida Vasko da Gama ekspeditsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy voqeani toping.
- Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi
- Janubiy Amerika qirg‘oqlarini tekshirib, bu yerlar Hindiston emasligini aniqladi
- Hind okeanini g‘arbdan sharq tomonga suzib o‘tib, Avstraliya janubiga bordi
- okeanlardagi ko‘plab marjon orollarni aniqlab, ularni kashf etdi
Javobni koʻrish
Toʻgʻri javob: A) Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi
Vasko da Gama 1497–1499-yillarda Afrikani janubdan aylanib o‘tib, Hindistonga (Kalikut) yetib bordi va Yevropadan Hindistonga dengiz yo‘lini ochdi. Janubiy Amerika Hindiston emasligini Amerigo Vespuchchi aniqlagan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik). Javob kaliti UZBMB tomonidan e’lon qilinmagan; kalit Zehniy tomonidan maktab darsliklari asosida aniqlangan.




















