Savol mualliflari

Savol muallifi boʻling

Fan oʻqituvchisi yoki repetitormisiz? DTM va Milliy sertifikat savollarini yozing.

01 · Talablar

Yaxshi savol qanday boʻladi

Bitta savol — besh talab. Metodist aynan shularni tekshiradi.

  1. 1
    Shart aniq

    Bir oʻqishda tushuniladi va javobni oldindan aytib qoʻymaydi.

  2. 2
    Bitta toʻgʻri javob

    Kalit shubhasiz — uni izoh bilan himoya qila olasiz.

  3. 3
    Xato variantlar — haqiqiy xatodan

    Har biri oʻquvchi chindan qiladigan xato: 6 — kvadrat unutilgan.

  4. 4
    Izoh

    Nega aynan shu javob toʻgʻri, qolganlari esa notoʻgʻri — oʻquvchi tushunadigan qilib.

  5. 5
    Mavzu va daraja

    Oʻzingiz belgilaysiz, metodist tekshiradi. Adabiy oʻzbek tili, lotin yozuvi.

02 · Asboblar

Formula ham, jadval ham — brauzerda

Dastur oʻrnatish shart emas. Hammasi muallif panelida.

TeX bilish shart emas

Formula tugmasi kasr, ildiz, daraja, logarifm va kimyo belgilarini tugma bosib yozadi.

Oʻnlab savol — bitta jadvalda

Excel shablonini toʻldirib yuklaysiz. Xato qator saqlashdan oldin koʻrsatiladi — chala import boʻlmaydi.

Oʻquvchi koʻzi bilan

Yuborishdan oldin savolni imtihondagidek ishlab koʻrasiz.

03 · Savollar

Boshlashdan oldin

Qanday boshlayman?

Roʻyxatdan oʻtib, “Ariza topshirish” tugmasini bosing: qaysi fandan yozmoqchi ekaningizni va tajribangizni yozasiz. Ariza qabul qilinsa, shu hisob muallif hisobiga aylanadi — test ishlash uchun alohida hisob kerak boʻladi.

Savolim rad etilsa-chi?

Sababi yozilgan holda qaytadi. Tuzatib, qayta yuborasiz.

Oʻquvchi savolimda xato topsa-chi?

Oʻquvchi belgilagan har bir savol sababi bilan sizga qaytadi — tuzatilgan versiya metodistdan oʻtib, eskisining oʻrniga keladi.

Qancha haq toʻlanadi?

Toʻlov shartlari alohida eʼlon qilinadi.