Biz haqimizda

Imtihon kuni hech narsa yangilik boʻlmasin

Haqiqiy imtihonni oldindan, uyda, xuddi oʻsha tartibda ishlab koʻring.

Bepul boshlash
01 · Nega Zehniy

Mashq boshqa, imtihon boshqa

Koʻpchilik imtihonga alohida fanlardan 30 talik testlar ishlab tayyorlanadi. Imtihon kuni esa oldingizda 90 ta savol, beshta fan va uch soat turadi.

Vaqtni qanday taqsimlash, qaysi fandan boshlash, uchinchi soatda diqqatni qanday ushlab turish — bularni koʻpchilik oʻsha kuni birinchi marta oʻrganadi.

Zehniyni shuning uchun qildik: imtihonning oʻzini oldindan boshdan kechirish uchun.

02 · Qoidalarimiz

Uchta qoida

Varaq — haqiqiysidek

Savollar soni, vaqt va ball rasmiy tartibdagidek. Milliy sertifikatda har fan oʻz tartibida.

Nima berilmasligini oldindan aytamiz

Kimyo va biologiyaning yozma ishini faqat inson tekshira oladi. Uni bermaymiz va buni imtihon boshlanishidan oldin yozib qoʻyamiz.

Ball bilan ish tugamaydi

Har bir notoʻgʻri javob Xatolar roʻyxatiga tushadi. Keyingi mashq oʻsha yerdan boshlanadi.

03 · Zehniyni kim yaratyapti

Zehniy Toshkentda yaratilmoqda. Savollarni fan oʻqituvchilari yozadi, metodistlar tekshiradi.