A+ darajasi uchun necha ball kerak?
70 va undan yuqori. A uchun 65 dan 69,9 gacha, B+ uchun 60 dan 64,9 gacha.
Manba: uzbmb.uz
Olti daraja, 75 ballik shkala. 46 dan past ball daraja bermaydi.
Fanni tanlashDaraja sertifikatdagi umumiy ballga qarab qoʻyiladi.
| Daraja | Ball |
|---|---|
| A+ | 70 va undan yuqori |
| A | 65–69,9 |
| B+ | 60–64,9 |
| B | 55–59,9 |
| C+ | 50–54,9 |
| C | 46–49,9 |
| — | 46 dan past — daraja berilmaydi |
Rasmiy ball standartlashtirilgan (Rasch modeli). U toʻgʻri javoblar soniga emas, savollarning qiyinligi va shu kuni topshirganlar natijasiga ham bogʻliq.
Baholash mezoni va Vazirlar Mahkamasining 17-son (2024) qarori: uzbmb.uz
Topshiriqlar soni va vaqti — fanning rasmiy test varianti tafsilotidan.
| Fan | Topshiriq | Vaqt | Zehniyda berilmaydi |
|---|---|---|---|
| Matematika | 45 | 150 daq | — |
| Tarix | 45 | 90 daq | — |
| Fizika | 45 | 150 daq | — |
| Geografiya | 45 | 150 daq | — |
| Kimyo | 40 | 100 daq | yozma qism: 3 topshiriq, 80 daq |
| Biologiya | 40 | 100 daq | yozma qism: 3 topshiriq, 80 daq |
Ona tili, Rus tili va Qoraqalpoq tilida insho sertifikatning yarmi. Imtihonchi tekshiradigan qism Zehniyda yoʻq, shuning uchun til fanlari berilmaydi; Kimyo va Biologiya esa yozma qismsiz beriladi va buni boshlashdan oldin aytadi.
Abituriyentda shu fandan sertifikat boʻlsa, DTMda oʻsha fan uchun ball sertifikatning darajasiga qarab qoʻyiladi. A+ va A daraja shu fanning eng yuqori ballini beradi — birinchi fan boʻlsa 93, ikkinchi boʻlsa 63.
Quyi darajalarda (B+, B, C+, C) fanning ballidan ulush beriladi — sertifikatdagi ballga mutanosib. Majburiy fanlar (Ona tili, Matematika, Oʻzbekiston tarixi) sertifikati boʻlsa, daraja qanday boʻlmasin, shu fan uchun toʻliq 11 ball qoʻyiladi.
Quyi darajalar uchun aniq foizlar jadvali rasman eʼlon qilinmagan, shu sababli bu yerda uni keltirmaymiz.
Vazirlar Mahkamasining 646-son qarori (2020), keyingi oʻzgartirishlari bilan: lex.uz
Qisqa javoblar.
70 va undan yuqori. A uchun 65 dan 69,9 gacha, B+ uchun 60 dan 64,9 gacha.
Manba: uzbmb.uz46. C darajasi 46 dan 49,9 gacha, undan past ball sertifikat bermaydi.
Manba: uzbmb.uzYoʻq. Ball standartlashtiriladi (Rasch modeli), shuning uchun u savollar qiyinligiga va shu kuni topshirganlarga ham bogʻliq.
A+ va A — shu fanning eng yuqori balli; quyi darajalar — ulushi; majburiy fanlar uchun har doim toʻliq 11 ball. Quyi darajalar uchun rasmiy foizlar jadvali eʼlon qilinmagan.
Manba: lex.uz