So‘nggi yillarda ko‘plab iste’dodli, bil...don yoshlar xorijga o‘qi... uchun jo‘na...ilmoqda, ular... yangi...ka intilish kuchli bo‘ladi. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rniga mos keluvchi qo‘shimchalar haqidagi xato hukmni aniqlang.
Toʻgʻri javob: B) Ushbu gapda fe’l yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan.
Tiklangan gap: bilimdon, o‘qish uchun, jo‘natilmoqda, ularda, yangilikka. Tushib qolganlar: -im va -lik (ot yasovchi), -sh (harakat nomi) va -t (orttirma nisbat) – lug‘aviy shakl yasovchilar, -da (o‘rin-payt kelishigi) – munosabat shakli. Fe’l yasovchi qo‘shimcha tushib qolmagan, shuning uchun «Ushbu gapda fe’l yasovchi qo‘shimchaning tushib qolishi kuzatilgan» hukmi xato.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)