Qaysi javobda vazifadosh ko‘makchi qatnashgan?
Toʻgʻri javob: D) Onam qo‘shnilar to‘g‘risida doim iliq gaplarni aytadilar.
Ushbu test topshirig‘ini to‘g‘ri bajarish uchun abituriyentlardan sof va vazifadosh ko‘makchilar haqida nazariy bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. Test topshirig‘ining «Yer uzra tushdi oqshom, …», «Ular hamon futbol haqida…» va «Men faqat sizning foydangiz uchun…» gaplarida sof ko‘makchilar (uzra, haqida, uchun) qo‘llangan bo‘lib, «Onam qo‘shnilar to‘g‘risida doim…» gapida esa to‘g‘risida so‘zi vazifadosh ko‘makchi bo‘lib kelgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). N. M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2017