Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘z ma’nosida kelgan so‘zning ko‘chma ma’noda kelgan so‘z bilan o‘zaro shakldoshlik hosil qilishi kuzatiladi?
Toʻgʻri javob: D) Do‘stlari soni tobora yigit juda ishchan kayfiyatda edi. U yelkasiga shu zahmat bilan uzoq yashay olmadi.
Ushbu test topshirig‘ini bajarishda so‘zlarning o‘zaro ko‘p ma’noliligi va shakldoshligi haqida olingan nazariy bilimlarga tayaniladi. Agar savolga e’tibor bergan bo‘lsangiz, o‘zaro shakldosh bo‘lgan so‘zlarning bittasi o‘z ma’nosida, ikkinchisi ko‘chma ma’noda qo‘llangan bo‘lishi lozim. «Do‘stlari soni tobora ortgan yigit …» juftligidagi birinchi gapda qo‘llangan ortgan va ikkinchi gapda qo‘llangan ortgan fe’llari o‘zaro shakldosh so‘zlar bo‘lib, birinchi ortgan (hajmi ko‘paygan) so‘zi o‘z ma’nosida, ikkinchi ortgan (yuklagan) fe’li esa ko‘chma ma’noda qo‘llangan. Demak, o‘z va ko‘chma ma’noda qo‘llangan shakldosh so‘zlar qatnashgan. «Oradan besh asr o‘tsa ham, …» juftligidagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar (asr – asr) o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi, ammo har ikkovi ham o‘z ma’nosida qo‘llangan. «Yer yuzi birpasda oppoq qorga burkandi. …» juftligidagi har ikki gapdagi yuz so‘zi esa o‘zaro shakldosh emas, balki bir so‘zning turli ma’nosi, ya’ni o‘zaro ko‘p ma’noli so‘zlar sanaladi. «Daraxt shoxlari shamolda og‘ir tebranib qo‘yardi. …» juftligidagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar (shoxlari – shoxlari) o‘zaro shakldosh so‘zlar sanaladi, ammo har ikkovi ham o‘z ma’nosida qo‘llangan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). 1. N. M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. –Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. 2. N. M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2015