Qaysi javobda sinonimik qator va shu sinonimik qatorga mansub bo‘la oladigan so‘zlar to‘g‘ri moslashtirib ko‘rsatilgan? 1. huzur, shavq, ... 2. haybat, salobat, ... 3. madad, ko‘mak, ... 4. g‘am, qayg‘u, ... a) anduh b) yordam c) ruh d) ulug‘vorlik e) quvnoq f) gasht
Toʻgʻri javob: A) 1-f, 2-d, 3-b, 4-a
Izoh:
Huzur, shavq qatoriga gasht (zavq, rohat), haybat, salobat qatoriga ulug‘vorlik, madad, ko‘mak qatoriga yordam, g‘am, qayg‘u qatoriga anduh mansub. Quvnoq – sifat, ruh esa bu qatorlarning birortasiga sinonim emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)