O‘zbekda axir har bir erkak o‘z xotinini – o‘z halol juftini qizi yoki o‘g‘lining ismi bilan aytib chaqiradi. O‘z xotinining ismini aytib chaqirish yaramaydi. Xotinining ismi Maryam, qizining ismi Xadicha bo‘lsa, mo‘min-musulmon: – sharm-u hayo yuzasidan bo‘lsamikan? – xotinini “Xadicha” deb chaqiradi. Aksar ona-bola baravar “labbay” deydi; shunday-da oilaning haqiqiy egasi bo‘lgan ota: “Kattangni aytaman, kattangni”, – deydi. Hatto shunda ham “Maryamni”, – demaydi… Ushbu parcha qaysi asardan olingan va asarning qaysi qahramoni hatto mo‘min-musulmonning bu odatiga ham rioya qilmaydi, rafiqasini “Fitna” deb chaqiradi, umuman olganda, o‘z ahli ayoliga past nazar bila qaraydiganlar toifasidan edi?
Toʻgʻri javob: A) “Kecha va kunduz” romanida Razzoq so‘fi
“Kecha va kunduz” romanida mo‘min-musulmonning bu yaxshi odatiga ham amal qilmaydigan, hattoki o‘z rafiqasini “Fitna” deb chaqiradigan obraz Razzoq so‘fidir.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). Cho‘lpon. “Kecha va kunduz” roman