“Jaloliddin Manguberdi” tragediyasidagi qaysi adabiy qahramon o‘z otasining qotili bo‘lgan Temur Malikdan o‘ch olishni poylab yurgan Yaroqbekni: “Ammo sen-chi? Burgutlar boshlig‘iga xanjar ur, So‘ngra xoqon qasrida sultonlarcha davron sur!”, − deya avval Jaloliddin Manguberdini o‘ldirishga da’vat qiladi?
Toʻgʻri javob: A) Qodog‘on no‘yon (Chingizning sarkardalaridan)
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tragediyasining voqealar bayoni haqida ma’lumotga ega bo‘lish talab etiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Sultonmurod Olim va boshqalar. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2019