Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
Toʻgʻri javob: A) xususiyat, tafsilot
Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan so‘zlarning talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Berilgan xususiyat, tafsilot so‘zlarida hech qanday imloviy xatolik uchramaydi. Sabzovot (sabzavot tarzida yozilishi kerak), saxovot, zokovat (saxovat, zakovat tarzida yozilishi kerak), forosat (farosat tarzida yozilishi kerak) so‘zlari esa imloviy jihatdan xato yozilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2020