Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) ajabtovur, armug‘on, tajovuz
O‘quvchilarning yozma savodxonligini baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘ida to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori «ajabtovur, armug‘on, tajovuz» da berilgan. Ya’ni ajabtovur, armug‘on, tajovuz so‘zlarining yozilishida imloviy xatolik uchramaydi. «daromat, strategiya, sa’y-harakat» dagi daromat (daromad tarzida yozilishi kerak), «pinxona, mudofa, taqiqlamoq» dagi pinxona, mudofa (pinhona, mudofaa tarzida yozilishi kerak), «taajjub, zarp etmoq, yondashuv» dagi zarp etmoq (zarb etmoq tarzida yozilishi kerak) so‘zlari imloviy jihatdan xato yozilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). N.M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2020