Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so‘zlar soni ikkita?
Toʻgʻri javob: A) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma.
O‘quvchilarning yozma savodxonligini baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘ida «Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma» gapida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar soni ikkita (ohirigacha so‘zi oxirigacha, zinxor so‘zi zinhor tarzida yozilishi kerak) bo‘lib, boshqa javoblarda esa imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar bir o‘rinda uchraydi. Ya’ni dod-faryot (dod-faryod tarzida yozilishi kerak), tugulib (tugilib tarzida yozilishi kerak), sovub (sovib tarzida yozilishi kerak) so‘zlari imloviy jihatdan xato yozilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). N.M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2020