Quyidagi chizmaga mos keluvchi ergash gapli qo‘shma gapni aniqlang.

Toʻgʻri javob: A) Xonaga kirishim bilan meni ko‘rgan oyimning yuzlarida go‘zal tabassum paydo bo‘ldi, chunki mening qo‘llarimda oyimga xush yoquvchi oppoq atirgullar bor edi.
Ushbu test topshirig‘i abituriyentning til birliklari haqidagi nazariy qoidalarni bilishi bilan birga, ularning nutqdagi amaliy ahamiyatini tushunishini, gaplarning o‘zaro mazmuniy va grammatik jihatdan bog‘lanishini tahlil qila olishini tekshirishga qaratilgan. Test topshirig‘ining shartida qo‘shma gap qismlari ifodalayotgan voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatini tushunish va chizmaga asosan bosh gap + ergash gap tuzilishidagi gapni aniqlash so‘ralgan. «Xonaga kirishim bilan meni ko‘rgan oyimning yuzlarida go‘zal tabassum paydo bo‘ldi, chunki …» gapi ushbu talablarga javob beradi: Xonaga kirishim bilan meni ko‘rgan oyimning yuzlarida go‘zal tabassum paydo bo‘ldi − bosh gap, mening qo‘llarimda oyimga xush yoquvchi oppoq atirgullar bor edi − ergash gap. Chunki sabab ergashtiruvchi bog‘lovchisi yordamida bog‘langanligini inobatga olsak, ushbu gap qismlari sabab-oqibat munosabatini ifodalaganligini kuzatish mumkin.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). N.M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi. Toshkent−2019