Qaysi javobda tobe qismi sifat bilan ifodalangan otli so‘z birikmalari berilgan?
Toʻgʻri javob: D) notanish yo‘l, xursand inson
Tobe qismi sifat bilan ifodalangan otli so‘z birikmalari «notanish yo‘l, xursand inson» qatorida berilgan: notanish (sifat) yo‘l (ot), xursand (sifat) inson (ot). «hammadan go‘zal, akamdan uzun» qatoridagi hammadan go‘zal, akamdan uzun birikmalari hokim qismi sifat bilan ifodalangan otli so‘z birikmalari sanaladi. «yaxshi gapirmoq, chiroyli kuylamoq» qatoridagi yaxshi gapirmoq, chiroyli kuylamoq birikmalari tobe qismi sifat bilan ifodalangan fe’lli so‘z birikmalari sanaladi. «do‘stlarcha muomala, sekin harakat» qatoridagi do‘stlarcha muomala, sekin harakat birikmalari tobe qismi ravish bilan ifodalangan otli so‘z birikmalari sanaladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 8-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Tasvir” nashriyot uyi, 2019