Bugungi kunda har bir xalq umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini o‘rganishga intilmoqda. Ushbu gap haqidagi noto‘g‘ri hukmni aniqlang.
Toʻgʻri javob: B) Ushbu gapda qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun gapda so‘zlarning bog‘lanishi, kelishikli va ko‘makchili bog‘lanishlar, otli va fe’lli so‘z birikmalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. Mazkur gapdagi fe’lli, kelishik yordamida bog‘langan va otli so‘z birikmasi haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri ma’lumotlar sanaladi. Chunki gapda tobe qismlari hokim qismga kelishik yordamida bog‘langan otli va fe’lli so‘z birikmalari mavjud. Noto‘g‘ri ma’lumot esa «qismlari ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud» degan hukmda berilgan, chunki tobe qismi hokim qismga ko‘makchi yordamida bog‘langan so‘z birikmasi mavjud emas.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). M.Qodirov va boshqalar. Ona tili. 8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi. Toshkent−2019