“Yigitlik chog‘i − o‘yin-kulgi, rohat qilish davri, qarilik esa mehnat va toat-ibodat davridir. Yoshlikda qilingan hamma gunohlar kechiriladi, keyinchalik mehnat va ibodat qiladigan vaqt ham keladi, o‘shanda qilamiz”, − deya umrini behuda o‘tkazgan, ammo qarib, o‘lim tushagida qolganda: “Qarigach, shunday kunlar boshimga tushajagini bilsam edim, yigitlik davrimni uvol qilib behudaga o‘tkazmagan bo‘lar edim”, − deya afsuslangan g‘ofil kishi haqidagi hikoyat qaysi asarda keltirilgan?
Toʻgʻri javob: A) “Saddi Iskandariy” (Alisher Navoiy)
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan Alisher Navoiyning “Xamsa” asaridagi “Saddi Iskandariy” dostoni voqealari haqidagi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). B.To‘xliyev va boshqalar. Adabiyot. 11-sinf uchun darslik. "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent−2018