Ona tili va adabiyot · Qadimgi davrdan boshlab XX asrgacha boʻlgan adabiyot

Gʻazalni oʻqing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. *** 1. Koʻngillar nolasi zulfing kamandin¹ nogahon…

UZBMB namunasi. Avval oʻzingiz javob tanlang, soʻng tekshiring.

3-savol · UZBMB namunasi3 / 11

G‘azalni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. *** 1. Ko‘ngillar nolasi zulfing kamandin¹ nogahon ko‘rgach, Erur andoqki, qushlar qichqirishqaylar yilon ko‘rgach. 2. Ko‘ngil chokin ko‘zumda ashki² rangin elga fosh etdi, Balig‘ zaxmini fahm aylarlar el daryoda qon ko‘rgach. 3. Ko‘zum qon yosh to‘kar, netib ko‘ngil zaxmin yashuraykim, Toparlar yerda zaxmin sayd³ qonidin nishon ko‘rgach. 4. Bo‘yolg‘on qon aro jon pardasi yetgach g‘ami hajring, Ko‘ngil bog‘ida bargedurki, ol o‘lmish xazon ko‘rgach. 5. Xadanging⁴ zaxmi ichindin balolarni yug‘on yoshim Erur tifle⁵ ki, olg‘ay qush bolasin oshyon ko‘rgach. 6. Ko‘ngillar naqdini toroj etarga yopmog‘ing burqa’⁶, Aningdekdurki, toz bog‘lar qaroqchi karvon ko‘rgach. 7. Yuzin zulf ichra to ko‘rdim, o‘lib vasliga yetmasmen, G‘alat ermish yuz urmoq, kecha o‘tni har qayon ko‘rgach. 8. Erur chun olam ichra joh⁷ foniy, yaxshi ot boqiy, Bas, el komin⁸ ravo ayla, o‘zingni komron ko‘rgach. 9. Navoiy, xurdai⁹ nazmingni andoq aylading tahrir, Ki sochqay xurda boshing uzra shohi xurdadon ko‘rgach. LUG‘AT: Kamand¹ − arqon; ashk² − ko‘zyosh; sayd³ − ov, o‘lja; xadang⁴ − o‘q; tifl⁵ − yosh bola; burqa’⁶ − yuzga tutilgan parda; joh⁷ − boylik, davlat; kom⁸ − maqsad, orzu; xurda⁹ − nozik, yashirin, sir. G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni aniqlang.

Keyingi qadam

Endi oʻzingiz sinab koʻring

Namunani oʻqish boshi xolos. DTM blokini vaqt bilan, rasmiy shaklda yechganda ball ham chiqadi.

  • 90savol
  • 180daqiqa
  • 189ball