Qaysi gaplarda tire tinish belgisi bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan? 1. Kenja botir: “Dushmanga tiz cho‘kib yashaganimdan ko‘ra tik turib o‘lganim yaxshi”, − debdi. 2. Xalqimiz aytadi: “Ilmga − tuganmas xazinaga − faqat mashaqqat chekkanlargina erisha oladi”. 3. Qizlar ham, bolalar ham − hammasi meni yaxshi ko‘rishadi. 4. Juda ko‘p yordam berdik − o‘zida intilish yo‘q. 5. O‘sha ko‘zoynakli ustozni − Anvar Ahmedovni − barcha kursdoshlarimiz yaxshi eslashadi.
Toʻgʻri javob: D) 2, 5
2- va 5-gaplarda tire ajratilgan izohlovchini ikki tomondan ajratish uchun qo‘yilgan (tuganmas xazinaga; Anvar Ahmedovni). 1-gapda tire ko‘chirma gapdan keyin muallif gapi oldidan, 3-gapda uyushiq bo‘laklardan keyin umumlashtiruvchi so‘z oldidan, 4-gapda bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida zidlov munosabatini ko‘rsatish uchun qo‘yilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)