Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
Toʻgʻri javob: A) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz.
Tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan ushbu test topshirig‘ida «Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba qozonamiz.» gapida xatolik kuzatilmaydi. Chunki kirish so‘z (shubhasiz)lar gap bo‘laklaridan vergul bilan ajratiladi. «Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi bilan qarshi chiqadi.» gapda vergulning qo‘llanish o‘rnida xatolik kuzatiladi, ya’ni vergul balki zidlov bog‘lovchisidan keyin emas, oldin qo‘llanilishi lozim. «Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.» va «Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.» gaplarda uyushiq bo‘laklarda vergulning qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik kuzatiladi, ya’ni har ikkala gapda ham uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan keyin noo‘rin qo‘llangan vergul mavjud.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi. Toshkent−2019