Quyidagi jadvalning qaysi qatorlarida badiiy asar nomi, adabiy qahramon va mazkur adabiy qahramonga berilgan ta’rif mos ravishda to‘g‘ri berilgan? Badiiy asarlar | Adabiy qahramonlar | Adabiy qahramonlarga berilgan ta’riflar 1. “Navoiy” | shoir Binoiy | Turkiy tilni nihoyatda sevadigan, uni “forsiyparast”lardan qattiq himoya qiladigan, bu tilning jozibadorligini har joyda isbot eta oladigan jonkuyar timsol 2. “Yulduzli tunlar” | Qosimbek | Boburni ota kabi asragan sadoqatli beklardan biri bo‘lib, umri davomida uni himoya qilib kelgan, Humoyun mirzoni ham jangovarlik va otaga muhabbat ruhida tarbiyalashda katta hissa qo‘shgan timsol 3. “O‘tkan kunlar” | Mirzakarim qutidor | Xalq uchun kuyib-pishgan, uning tinchligi, birdamligi uchun kurashgan, Toshkent hokimi Azizbekning zulmiga qarshi xalqni otlantirgan timsol 4. “Navoiy” | Sultonmurod | Otasi shahrisabzlik sangtarosh usta bo‘lib, uning vafotidan keyin tarbiyasi onasi qo‘lida qolgan, voyaga yetgach Hirotga kelgan, o‘z ilmi, aqli-u tafakkuri bilan mudarris darajasiga ko‘tarilgan olim shaxs
Toʻgʻri javob: A) 2, 4
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan mustaqil ravishda to‘liq o‘qish uchun tavsiya etilgan qo‘shimcha badiiy asarlar, ulardagi voqealar bayoni, adabiy qahramonlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning "Navoiy" romani