Qaysi asarda xalqni birlashmoqqa, o‘zaro diniy e’tiqodlar nizosidan xalos bo‘lib, qabih mustamlakachilik zulmiga qarshi jang qilmoqqa chorlagan hamda o‘z e’tiqodi yo‘lida yosh jonini ayamagan, tinimsiz tazyiqlar, hibs, qiynoqlarda yashagan shoir qismati aks etgan?
Toʻgʻri javob: A) “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov)
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan mustaqil ravishda to‘liq o‘qish uchun tavsiya etilgan qo‘shimcha badiiy asarlar, ulardagi voqealar bayoni, adabiy qahramonlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni