Qaysi gaplar juftligida berilgan -siz shaxs-son qo‘shimchasi bir o‘rinda birlik va bir o‘rinda ko‘plik ma’nosini ifodalab kelgan?
Toʻgʻri javob: A) Siz bu bolaga yetti yot begonasiz, ammo u sizni o‘z otasiday ko‘rar ekan. "Endi menga ruxsat berasiz, hali ishlarim ko‘p", − dedi auditoriyaga qarab.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun shaxs-son qo‘shimchalari va ularning uslubiyati haqidagi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. «Siz bu bolaga yetti yot begonasiz, …» juftligidagi birinchi gapda qo‘llangan -siz shaxs-son qo‘shimchasi yakka shaxsni bildirib, hurmat ma’nosida qo‘llangan. Ikkinchi gapdagi -siz shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘plikdagi shaxslarni bildiradi, ya’ni auditoriyaga (metonimiya asosida so‘z ma’nosi ko‘chgan) murojaat qilish orqali bir emas, bir nechta tinglovchi nazarda tutilgan. «Hozir mana bu rasmni chizasiz, o‘g‘lim, …» juftligidagi har ikki gapda -siz shaxs-son qo‘shimchasi yakka shaxsni bildirib kelgan. «Ikkingiz turmush qurasiz, …», «Kech bo‘lib qoldi, qani, turinglar, yigitlar, …» juftliklaridagi har ikki gapda -siz shaxs-son qo‘shimchasi ko‘plikdagi shaxs-son ma’nosini ifodalagan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). N.M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 10-sinf uchun darslik. "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent − 2017. N.M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 6-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi. Toshkent−2017