Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo‘shimchasining noo‘rin qo‘llanishi uchraydi?
Toʻgʻri javob: A) Shuning uchun ham Xayriddin Sulton: "Bobur insonlarni ichida eng rostgo‘yidir", − deb yozgan edi.
Izoh:
«Shuning uchun ham Xayriddin Sulton: "Bobur insonlarni ichida eng rostgo‘yidir", − deb yozgan edi.» gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan: insonlarni ichida emas, insonlarning ichida bo‘lishi kerak. Qolgan gaplarda -ni qo‘shimchasi vositasiz to‘ldiruvchini to‘g‘ri shakllantirgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, majburiy)