Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi to‘g‘ri berilgan?
Toʻgʻri javob: A) o‘rmon qiroli − sher
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z va uning tasviriy ifodasi haqidagi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. O‘rmon qiroli tasviriy ifodasi sher (yirtqich hayvon) so‘ziga nisbatan, kumush tola tasviriy ifodasi ipak, pilla so‘zlariga nisbatan, dala malikasi tasviriy ifodasi makkajo‘xori so‘ziga nisbatan, mo‘yqalam ustalari tasviriy ifodasi rassomlar, suratkashlar so‘zlariga nisbatan qo‘llanadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). B.Mengliyev va boshqalar. Ona tili. 11-sinf uchun darslik. "O‘qituvchi" nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2020