O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zlarni aniqlang.
Toʻgʻri javob: C) turfa, g‘alati, ajoyib
Izoh:
Ma’nodosh (sinonim) so‘zlar bir turkumga mansub bo‘ladi. Turfa so‘zining «g‘alati, ajoyib» ma’nosi bor, uchala sifat ma’nodoshlik hosil qiladi. «noo‘xshash, farq, tafovut» da noo‘xshash – sifat, farq va tafovut – ot; «basavlat, sumbat, gavda» da basavlat – sifat, sumbat va gavda – ot; «qasoskor, o‘ch, intiqom» da qasoskor – sifat, o‘ch va intiqom – ot.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Ona tili va adabiyot)