Tarki adabdin biri kulgu durur, Kulgu adab tarkiga belgu durur… Qahqahadin kabk navo kelturub, Boshig‘a ul kulgu balo kelturub. G‘uncha kulib bo‘ldi ochilmoq anga, Yetti ochilmoqda sochilmoq anga. Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’r haqidagi xato ma’lumotni belgilang.
Toʻgʻri javob: C) Ushbu she’riy parchaning barcha baytlarida unli tovush raviy sifatida xizmat qilgan.
Ushbu test topshirig‘i adabiyot nazariyasiga oid bilim va ko‘nikmalarni tekshirishga qaratilgan bo‘lib, to‘g‘ri javobni topishda abituriyentdan she’riy matn mazmunini tushunish bilan bir qatorda, raviy, qofiya, radif kabi she’riy unsurlarni ajrata bilishi ham talab qilinadi. She’riy matn asosida ikkita test topshirig‘i berilgan bo‘lib, dastlabki test topshirig‘i mazmuniy tahlilga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi test topshirig‘i she’rning nazariy tahliliga qaratilgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Q.Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot. 7-sinf uchun darslik. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Toshkent−2017