Boshimga yoqqan g‘am toshin mingdin biricha bo‘lmag‘ay, Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. Ey shah, karam aylar chog‘i teng tut yamon-u yaxshini Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina. Muhammad Rizo Ogahiy qalamiga mansub ushbu parcha haqidagi to‘g‘ri hukmni aniqlang.
Toʻgʻri javob: B) Mubolag‘a san’ati aks etgan.
Ming Besutun yog‘dirilsa ham oshiq g‘amining mingdan biricha bo‘lmasligi – mubolag‘a. Qofiyadosh so‘zlar Farhod – obod: raviy d undoshi, undan keyin qo‘shimcha yo‘q – faqat muqayyad qofiya; ustina – radif. Demak «Mutlaq va muqayyad qofiya qo‘llangan.», «Radif mavjud emas.», «Unli va undosh tovush raviy vazifasini bajargan.» noto‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)