Bo‘ldi yaqinkim bu saxovat emas, Ahli saxo* muni saxovat demas. Yoyar anga supraki, ul och emas, Berur anga to‘nki, yalang‘och emas. Xizrg‘a yetgach tutar obi hayot, Misr shakarrezig‘a* habbi nabot*. (ahli saxo* - saxovatli kishilar; shakarrez* - shakar sochuvchi, shakar tarqatuvchi; nabot* - novvot) Alisher Navoiy qalamiga mansub ushbu she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri ma’lumotni toping.
Toʻgʻri javob: A) Ushbu parchada tanosib, ishtiqoq she’riy san’atlari qo‘llangan.
Tanosib: Xizr – obi hayot, Misr – shakar – nabot, och – supra, yalang‘och – to‘n. Ishtiqoq: bir o‘zakdan bo‘lgan saxo – saxovat. Qofiyalarda raviy undosh (och – yalang‘och, hayot – nabot) va qofiya muqayyad; uchinchi baytda radif yo‘q. Shuning uchun «Ushbu parchada undosh tovush raviy vazifasini bajargan emas.», «Ushbu parchadagi barcha baytlarda yig‘iq radif qo‘llangan.», «Ushbu parchada muqayyad qofiya mavjud emas.» noto‘g‘ri.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)