Berilgan ma’lumotlardan fruktozaga tegishlilarini toping. 1) geksoza; 2) molekulasining yopiq shakli besh atomni (kislorod bilan birga) o‘z ichiga oladi; 3) geterofunksional birikma molekulasida bitta aldegid guruh va beshta gidroksil guruhlar bor; 4) gidrolizlanadi; 5) ketoza; 6) aldoza.
Toʻgʻri javob: B) 1, 2, 5
Izoh:
Fruktoza — geksoza (1), halqali shakli kislorod bilan birga besh a’zoli (furanoza, 2), keton guruhli — ketoza (5). Unda aldegid guruh yo‘q va u monosaxarid sifatida gidrolizlanmaydi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Kimyo)