Turon (1) va Qozog‘iston (2) iqlimi uchun yoz fasliga xos bo‘lgan xususiyatlar to‘g‘ri moslashtirilgan javobni toping. a) kuchli qizigan, quruq, kontinental tropik havosining vujudga kelishi, jazirama issiq bo‘lishi; b) mo‘tadil havo massasi uzoq vaqt turishi, siklon faoliyati kuchayishi; c) havo bosimi ortishi, antisiklon faoliyatining kuchayishi.
Toʻgʻri javob: A) 1-a, 2-b
Yozda Turon tekisligi kuchli qiziydi, bu yerda quruq kontinental tropik havo hosil bo‘lib, jazirama issiq bo‘ladi (1-a). Qozog‘iston hududida yozda mo‘tadil havo massasi uzoq turadi, siklonlar faollashib, yog‘in asosan yozda tushadi (2-b). Havo bosimining ortishi va antisiklon kuchayishi (c) qish fasliga xos.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)