Mezozoy erasining o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo o‘lkasida qanday iqlimiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan?
Toʻgʻri javob: A) iqlim nam va issiq bo‘lgan, xilma-xil o‘simliklar o‘sgan
Iqlimning quruq bo‘lishi mezozoy erasining oxiriga kelib ro‘y bergan, dengiz chekinishi, o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi paleozoy erasining ikkinchi yarimida sodir bo‘lgan, dengiz qayta bostirib kelishi kaynozoy erasida sodir bo‘lgan. Demak, «iqlim juda quruq bo‘lgan, o‘rmonlar yo‘qolib ketgan», «dengiz chekina boshlagan, quruqlik maydoni kengaygan», «dengiz qayta bostirib kelgan, tog‘lar yemirilib, pasayib qolgan» fikrlarini tahlil qilsak noto‘g‘ri ekanligini bilib olish mumkin.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. 7-sinf, P.G‘ulomov va boshqalar, Toshkent – 2017-yil, 34-bet