Quyida berilganlardan faqat sharq sauriga (a), faqat zuhrasochga (b) xos hamda ular uchun umumiy bo‘lgan (c) xususiyatlarni aniqlang. 1) arxegoniy urug‘kurtakda yetiladi; 2) tuxum hujayrasi arxegoniyda yetiladi; 3) spermatozoidlar anteridiyda hosil bo‘ladi; 4) mexanik to‘qimaga ega; 5) shamol yordamida changlanadi; 6) vegetativ organlarga ega; 7) urug‘langan tuxum hujayradan murtak rivojlanadi; 8) urug‘kurtakdan urug‘ hosil qiladi; 9) urug‘lanish suvda amalga oshadi
Toʻgʻri javob: A) a − 1; b − 3; c − 2, 6
Sharq saurida arxegoniy urug‘kurtakda yetiladi, zuhrasochda spermatozoidlar anteridiyda hosil bo‘ladi. Tuxum hujayraning arxegoniyda yetilishi va vegetativ organlarga ega bo‘lishi bilan ular bir-biriga o‘xshaydi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). O‘. Pratov va boshqalar. Biologiya (Botanika). 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “O‘zbekiston”. Toshkent−2017