Gidrobiont o‘simliklar haqidagi to‘g‘ri fikrlar berilgan javobni aniqlang. 1) suvo‘tlarda qoplovchi va mexanik to‘qima rivojlangan; 2) ulotriks va laminariya zoosporalar orqali jinssiz ko‘payadi; 3) bir hujayrali suvo‘tlarda fotosintez va xemosintez amalga oshadi; 4) yapon laminariyasining hayot siklida gametalar hosil bo‘ladi; 5) suvo‘tlarda zoosporalar juft-juft bo‘lib qo‘shilib zigota hosil qiladi; 6) fillofora va porfira qizil suvo‘tlarga mansub; 7) ulva yashil suvo‘tlarga mansub.
Toʻgʻri javob: D) 2, 6, 7
Ulotriks va laminariya zoosporalar orqali jinssiz ko‘payadi, fillofora va porfira qizil suvo‘tlariga, ulva esa yashil suvo‘tlariga mansub hisoblanadi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). O‘. Pratov va boshqalar. Biologiya (Botanika). 6-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “O‘zbekiston”. Toshkent−2017. A. G‘afurov va boshqalar. Biologiya. 11-sinf o‘quvchilari uchun darslik. “Sharq” matbaa-nashriyot uyi, Toshkent−2018