Hujayra qobig‘i murein (a), pektin (b) va selluloza (c) moddasidan iborat bo‘lgan organizmlarni aniqlang. 1) nostok; 2) bakteriofag; 3) shampinion; 4) g‘o‘za gommozi; 5) qo‘ziquloq; 6) teresken; 7) ossillatoriya; 8) agrobakterium.
Toʻgʻri javob: B) a − 4, b − 1, c − 5
G‘o‘za gommozini bakteriya qo‘zg‘atadi – bakteriyalarning hujayra qobig‘i mureindan iborat. Nostok (sianobakteriya) qobig‘i pektindan, qo‘ziquloq kabi yuksak o‘simliklarniki sellulozadan iborat. Bakteriofag hujayrasiz, shampinion (zamburug‘) qobig‘i xitinli.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Biologiya)