Qaysi javobda allogenez (a) va arogenez (b) yo‘nalishlaridagi evolutsion jarayonlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Toʻgʻri javob: D) a − kallima kapalagining qanotlari shakli, naqsh va tomirlari bargga o‘xshash bo‘lishi; b − bir hujayrali organizmlardan ko‘p hujayrali organizmlarning paydo bo‘lishi
Allogenez – idioadaptatsiyalar orqali boradi (kallima kapalagining bargga o‘xshashi). Arogenez – aromorfozlar orqali boradi (ko‘p hujayralilikning paydo bo‘lishi). «a − fotosintez jarayonini amalga oshiradigan organizmlarning vujudga kelishi; …» va «a − sutemizuvchilar sinfining kelib chiqishi; …» da a ga aromorfoz berilgan, «a − zaharsiz Amerika suvilonining zaharli korall aspidiga o‘xshashligi; b − assidiya lichi …» da b – degeneratsiya.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Biologiya)