Katta sadafdorning qanoti (I), terili ko‘rshapalakning uchish pardasi (II) qanday hosil bo‘lgan va ular o‘zaro qanday organ hisoblanadi (III)? 1) oldingi oyog‘ining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan; 2) ektoderma qavatining cho‘zilishidan rivojlanadi; 3) ko‘kragining orqa tomonidan chiqqan hosila; 4) bosh miya yon o‘simtasidan rivojlanadi; a) gomologik organ; b) analogik organ.
Toʻgʻri javob: C) I – 3; II – 1; III – b
Katta sadafdor – kapalak; hasharotlar qanoti ko‘krakning orqa tomonidagi teri burmasidan hosil bo‘ladi (I – 3). Ko‘rshapalakning uchish pardasi oldingi oyoqning o‘zgarishidan hosil bo‘lgan (II – 1). Kelib chiqishi har xil, bajaradigan vazifasi bir xil organlar – analogik organlar (III – b).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)