Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni toping. a) adolatli siyosati tufayli xalq orasida "Milliy podshoh", "Xalq hukmdori" nomlariga sazovor bo‘lgan; b) musulmon bo‘lmagan shaxslardan olinadigan jizya solig‘ini qayta tiklagan; c) hindlarga o‘z bayramlarini nishonlashni taqiqladi; d) soliq tizimini isloh qilib, imperiya hududida yagona savdo solig‘ini joriy etgan; e) Buxoro xonligi bilan savdo va elchilik munosabatlarini o‘rnatgan; f) o‘zining sevimli rafiqasi Mumtoz Mahalga bag‘ishlab Tojmahal mavzoleyini qurdirgan

Toʻgʻri javob: A) I-a, d; II-b, c; III-e
Test topshirig‘i jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Uchinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan Eyler-Venn diagrammasi yordamida Boburiy hukmdorlar Akbarshoh va Avrangzeb Olamgir faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni umumiy hamda farqli jihatlarini tahlil qilib to‘g‘ri javobni topishi talab etiladi. I. Akbarshoh a) adolatli siyosati tufayli xalq orasida "Milliy podshoh", "Xalq hukmdori" nomlariga sazovor bo‘lgan; d) soliq tizimini isloh qilib, imperiya hududida yagona savdo solig‘ini joriy etgan; II. Avrangzeb Olamgir b) musulmon bo‘lmagan shaxslardan olinadigan jizya solig‘ini qayta tiklagan; c) hindlarga o‘z bayramlarini nishonlashni taqiqladi; III. Akbarshoh va Avrangzeb Olamgir faoliyatining umumiy jihatlari: e) Buxoro xonligi bilan savdo elchilik munosabatlarini o‘rnatgan.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Jahon tarixi 8-sinf darsligi. "Cho‘lpon" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (74-76-bet)