Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida? "U hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni bekor qildi. Davlat idoralaridagi lavozimlarga dini va mazhabidan qat’i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlanadigan bo‘ldi."
Toʻgʻri javob: A) Akbarshoh
Test topshirig‘i Jahon tarixining yangi tarix davriga oid. Birinchi qiyinlik darajasidagi test topshirig‘i hisoblanadi. Ushbu test topshirig‘i abituriyentdan yuqorida keltirilgan ma’lumot qaysi hukmdorga tegishli ekanligini topish so‘ralgan. Ushbu keltirilgan ma’lumot Boburiy hukmdor Akbarshoh haqida.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). R.Farmonov, U.Jo‘rayev, Sh.Ergashev. Jahon tarixi 8-sinf darsligi. "Cho‘lpon" nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent−2019. (74-bet)