Turkiston fronti qo‘mondoni M.Frunzening quyida keltirilgan so‘zlarini o‘qing va shu asosda berilgan topshiriqlarni bajaring. "... Turkiston marvaridi bo‘lgan Farg‘ona ikki yildan ortiqroq vaqtdan beri qonli urush maydoni holatidadir... Bu yerdagi sovet hokimiyati ilk tuzilish davrida rus va yerlik ishchi, dehqon ommalarini o‘ziga tortish o‘rniga mehnatkash xalqni o‘zidan uzoqlashtirish uchun qo‘lidan kelgancha harakat qildi... Bu yerda harakat qilgan qizil askar qismlari, inqilobni himoya qilgan ba’zi rahbarlar yerli mehnatkash xalqning tub manfaatlari bilan hisoblashmadi, uning arz-u dodiga quloq solmadi. Harakat shu asosda vujudga keldi". a) Harakatning sovet davridagi rasmiy nomini yozing. b) Ushbu harakatning Farg‘ona vodiysidagi yetakchilaridan birini nomini yozing.
- a)
- b)
Toʻgʻri javob: a) Bosmachilik harakatib) Madaminbek
Sovet davrida bu harakat rasman "bosmachilik harakati" deb atalgan (bugun u istiqlolchilik harakati deyiladi, lekin savol sovet davridagi nomni so‘raydi). Farg‘ona vodiysidagi yetakchilari: Kichik Ergash, Katta Ergash, Madaminbek, Shermuhammadbek (Ko‘rshermat), Islom Polvon va boshqalar.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Tarix)