1990-yil 1-noyabrda "O‘zbekiston SSRda ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga (1978-yil qabul qilingan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilingan. Ushbu qonunga ko‘ra, ... . 1) Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi; 2) O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi; 3) "Oliy Majlis" deb ataluvchi 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi; 4) O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov ayni bir vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi bo‘ldi.
Toʻgʻri javob: A) 2, 4
1990-yil 1-noyabrdagi qonun bilan Ministrlar Soveti Prezident huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi va Prezident bir vaqtning o‘zida uning Raisi bo‘ldi (2, 4). 250 deputatli bir palatali Oliy Majlis 1992-yilgi Konstitutsiya va 1993-yilgi qonunlar asosida 1994-yilda saylangan; Prezident vakolat muddatini 7 yilga uzaytirish esa 2002-yilgi referendumdan keyin amalga oshgan (1, 3 noto‘g‘ri).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)