O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva o‘zining qaysi she’ri yaratilishi haqida yozar ekan, she’rning yozilishiga turmush o‘rtog‘ining uylanishiga rozi bo‘lgan ayolning ikki uy oralig‘idagi katta masofada butun hovli yuziga mix qoqib chiqqani haqidagi bir rivoyat turtki bo‘lganini xotirlab: “Dastlabki turtki shu − “Mixning, tig‘ning zahrini sezmay yonib boraman” satri bo‘lib, ko‘nglimni qizdirdi. Qolgani ijodkorning xayoloti…”, − deydi?
Toʻgʻri javob: A) “Begim, sizni tabiat…”
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi haqida ma’lumotga ega bo‘lish talab etiladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2021, mutaxassislik). Q.Yo‘ldoshev va boshqalar. Adabiyot. 9-sinf uchun darslik. "O‘zbekiston" NMIU. Toshkent−2019