Jangda o‘lgan emas biror bahodir, bari halok bo‘lgan xiyonatlardan, toshday uxlaganda to‘shlarin ochib yo zahar qo‘shilgan ziyofatlardan. Ushbu misralar bilan boshlangan she’r so‘ngida “qo‘rqoqlar o‘ldirgan bahodirlarni” degan xulosasi orqali bahodirlarning o‘limida nomard odamlarning qo‘li borligini ta’kidlagan ijodkor kim?
Toʻgʻri javob: D) Shavkat Rahmon
Ushbu she’riy parcha takrorlanmas badiiyati bilan ajralib turuvchi, so‘z tanlash, fikr aytish borasida o‘ziga xos jasoratga ega ijodkor Shavkat Rahmon qalamiga mansubdir.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). S. Olim va boshqalar. Adabiyot. 8-sinf uchun darslik. –Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2019