Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romanida Sharafuddin Xodjayev Miryoqubning qaysi qilmishini: “Mencha, bu − millatga xiyonat!” − deya baholaydi?
Toʻgʻri javob: D) Turkiston tarixiga oid noyob qo‘lyozma asarlarni chor hukumati amaldoriga sovg‘a qilganini
Romanda Sharafuddin Xo‘jayev: “Mamlakatning tarixi, adabiyotiga oid qimmatbaho asarlarni tekinga berish hamda bir rus amaldoriga berish, bilmadim, nimaga teng? Mencha, bu – millatga xiyonat!” – deydi va milliy kutubxona tuzishni maslahat beradi. Maryamga uylanishni esa u, aksincha, ma’qullaydi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, mutaxassislik)