Qaysi gapdagi ko‘p nuqta o‘rnida so‘zini qo‘llash uslubiy jihatdan to‘g‘ri emas?
Toʻgʻri javob: C) O‘rtoqlariga ... so‘z aytgan Ilhomjondan hamma xafa bo‘lgan edi.
Izoh:
Qaysar so‘zi kishining yoki uning fe’l-atvorining belgisini (o‘jar, gapga ko‘nmaydigan) bildiradi, ko‘chma ma’noda asov, jilovsiz tabiat hodisasiga ham nisbatlanadi (qaysar daryo). So‘zga nisbatan qo‘llanmaydi: qattiq so‘z, achchiq so‘z deyiladi. Shuning uchun «O‘rtoqlariga ... so‘z aytgan Ilhomjondan hamma xafa bo‘lgan edi.» gapda qo‘llash uslubiy xato.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2022, majburiy)