Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud EMAS?
Toʻgʻri javob: D) Olimlarimiz havola etayotgan ushbu loyiha yashash sifatini oshirishga qaratilgan.
«Olimlarimiz havola etayotgan ushbu loyiha …» gapda qo‘shimchalar to‘g‘ri qo‘llangan. «Iqtisodiy islohotlarning sersamaradorligini …» da ser- va -dor bir ma’noni takrorlaydi (samaradorligini), «So‘zlarimizning ma’noviy bo‘yoqdorliligi …» da -dor va -li ortiqcha qo‘llangan (bo‘yoqdorligi), «Qadriyatlarimizga nopisandsizlik …» da no- va -siz inkor ma’nosini ikki marta beradi (nopisandlik bilan).
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Ona tili va adabiyot)