Qaysi javobda imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatori berilgan?
Toʻgʻri javob: C) taqiqlamoq, juz’iy, tatbiq etmoq
Ushbu test topshirig‘ida «taqiqlamoq, juz’iy, tatbiq etmoq» qatorida yozilgan so‘zlarning barchasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan. «xulq atvor, mojaro, maxbus» qatorida xulq atvor (xulq-atvor) so‘zida qismlar o‘rtasida chiziqcha qo‘yilishi kerak, maxbus so‘zi esa mahbus tarzida yozilishi lozim. «hukm, tana qilmoq, hashorat» qatoridagi tana qilmoq (ta’na qilmoq) so‘zida tutuq belgisi tushib qolishi va hashorat (hasharot) so‘zining xato yozilishi kuzatiladi. «qadamba-qadam, xilqat, xalovat» qatorida esa qadam-baqadam so‘zining qadamba-qadam tarzida hamda halovat so‘zining xalovat tarzida noto‘g‘ri yozilishi bilan bog‘liq imloviy xatoliklar mavjud.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo‘yicha tavsiyalar (2020). N. M. Mahmudov va boshqalar. Ona tili. 5-sinf uchun darslik. –Toshkent: “Ma’naviyat”, 2015