Otli so‘z birikmasi berilgan javobni aniqlang.
Toʻgʻri javob: A) bajarilgan ish
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun abituriyentlardan so‘z birikmasi va unga oid bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi. «bajarilgan ish» so‘z birikmasining hokim qismi (ish so‘zi) ot bilan ifodalangani uchun otli so‘z birikmasi sanaladi. «akamni ko‘rmoq», «chiroyli kiyingan», «ishni tezlatish» so‘z birikmalarining hokim qismi (ko‘rmoq, kiyingan, tezlatish so‘zlari) fe’l bilan ifodalanganligi uchun fe’lli so‘z birikmasi sanaladi.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (2020, majburiy). M.Qodirov va boshqalar. Ona tili. 8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi. Toshkent−2019