Gapni sintaktik tahlil qiling va qaysi gap bo‘lagi uyushganini yozing. Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, ta’bir joiz bo‘lsa, hayotning o‘zi bizni − butun O‘rta Osiyo xalqlarini − aynan ana shunday hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda.
- Javob
Toʻgʻri javob: Javob hol
Ergash gapda «qanday hamjihat bo‘lib» va «qanday qadriyatlar asosida» bo‘laklari bir xil so‘roqqa (qanday?) javob bo‘lib, bir kesimga (yashab kelgan bo‘lsa) teng bog‘langan – uyushiq hollar (ravish, tarz holi). «bizni − butun O‘rta Osiyo xalqlarini −» uyushiq emas, izohlovchili qurilma; «ta’bir joiz bo‘lsa» – kiritma.
Manba: UZBMB namunaviy test topshiriqlari (Milliy sertifikat, Ona tili va adabiyot)